Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom taraqqiyot banki va Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga moliyaviy ko‘mak beradi
Islom taraqqiyot banki va Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumati ko‘magida Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘arma O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr kuni ITBning Toshkent sammitidagi nutqida jamg‘arma kapitali 500 mln dollarga yetkazilishi ko‘zda tutilganini ma'lum qildi.
“Bizning kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi loyiha – Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvning mazkur anjuman doirasida imzolangani uchun Islom Taraqqiyot Banki va Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumatiga o‘z tashakkurimizni bildiramiz.
Kapitali 500 million dollarga yetkazilishi ko‘zda tutilgan mazkur jamg‘arma yoshlarimiz, ayollarimiz va qishloq aholisini tadbirkorlikka jalb qilish uchun zarur sharoitlar yaratishga xizmat qiladi”, – dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
10:55 / 13.12.2024
Kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi
16:14 / 27.11.2024
Mahallaning faol keksalariga har oy 577 ming so‘mdan to‘lanadi
11:19 / 20.11.2024
2025 yilda 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish hukumat iqtisodiy kompleksi asosiy vazifasi bo‘ladi
10:48 / 20.11.2024