Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Paralimpiyada yana bir oltin medal qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik para-yengil atletikachi Husniddin Norbekov Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozonib, delegatsiya hisobiga navbatdagi oltin medalni keltirdi.
F35 klassida ishtirok etgan Norbekov yadro uloqtirish dasturida o‘z g‘alabasini tantana qildi. U 16:13 metr natija bilan eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.
Norbekov ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioniga aylandi - u Rio Olimpiadasida ham tengsiz bo‘lgandi.
Bugun ishtirokini boshlagan vakillarimiz orasida para-kanoechilar Azizbek Abdulhabibov, Hayitmurod Sherqo‘ziyev va Shahnoza Mirzayeva yarimfinalga yo‘l oldi.
Para-taekvondochi Zuhriddin Tohirov (-61 kg) ilk bellashuvda italiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi, Ziyodaxon Isoqova (-49 kg) esa birinchi davrada afg‘onistonlik sportchi to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tdi, chorakfinalda mo‘g‘ulistonlik raqib ham taslim etildi, ammo u yarimfinalda perulik Leonor Espinozaga yutqazdi (7:17), bronza uchun bahsda tailandlik Xvansuda Pxuangkitchaga ham mag‘lub bo‘ldi (2:18).

Shuningdek, bugun para-yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan Dilafruzxon Ahmadxonova 8.59 metr natija bilan 4-o‘rinni egalladi. Unga bronza medalini qo‘lga kiritish uchun 1 sm kamlik qildi. 3-o‘rinni egallagan chexiyalik sportchi Anna Lyuksova 8.60 metr natija ko‘rsatdi.
Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 16taga yetdi (6ta oltin, 4ta kumush, 6ta bronza) va delegatsiya umumiy reytingda 16-o‘rinda joylashgan.

Mavzuga oid
00:48 / 06.09.2024
Husniddin Norbekov - 3 karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchi
16:18 / 30.08.2024
Paralimpiya o‘yinlari. Asila Mirzayorova oltin medalni qo‘lga kiritdi
17:48 / 03.09.2021
Paralimpiya. Safiya Burxonova O‘zbekistonga yettinchi oltin medalni taqdim etdi
19:53 / 30.08.2021