Surxondaryoda mol doktoriga 2,6 million, vrachga esa 747 ming so‘m maosh ko‘rsatilgan bo‘sh ish o‘rinlari e'tirozlarga sabab bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda mehnat.uz saytida Surxondaryo viloyati Angor tumani tibbiyot birlashmasida 747 ming so‘m maosh belgilangan vrach bo‘sh ish o‘rni, boshqa bir hududda esa 2,6 million so‘m maosh belgilangan mol doktori (veterinar) bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgani e'tirozlarga sabab bo‘ldi. Angor tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Foto: Getty Images
Munosabatda ma'lum qilinishicha, joriy yil 30 avgust kuni Angor tuman tibbiyot birlashmasi taqdim qilgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma'lumotga asosan mehnat.uz saytida farrosh maoshi anglashilmovchilik sababli vrach maoshi sifatida ko‘rsatilgan.
«Aslida mehnat.uz saytida ko‘rsatilgan 747 ming so‘m maosh farroshning ish haqi bo‘lgan. Saytdagi bu xatolik o‘z vaqtida to‘g‘rilandi. Ushbu anglashilmovchilik uchun fuqarolarimizdan uzr so‘raymiz», deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid

10:05 / 24.09.2024
Surxondaryoda Labo boshqarib ketayotgan yosh bolaning otasiga chora ko‘rildi

21:18 / 27.03.2024
Angor tumani hokimligi sotib olgan Captiva viloyat hokimligi balansiga o‘tkazildi

20:36 / 11.03.2024
Angor hokimi “Ayollar daftari” mablag‘laridan Captiva-5 sotib oldi

16:28 / 13.06.2023