Sport | 22:56 / 05.09.2021
19199
2 daqiqa o‘qiladi

MDH o‘yinlari. O‘zbekiston uchinchi kungi bahslarda 27ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘ringa ko‘tarildi

Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilayotgan birinchi MDH o‘yinlarida uchinchi kungi bahslar yakunlandi.

Avvalgi ikki kunda jami 10ta medalga ega chiqqan O‘zbekiston delegatsiyasiga uchinchi kun juda ham sermahsul kelib, 27ta medal qo‘lga kiritildi — 14ta oltin, 12ta kumush, 1ta bronza.

E'tiborlisi, uchinchi kundagi medallar boks va belbog‘li kurash vakillariga nasib etdi.

Oltin:
Boks:

-48 kg: Javohir Qo‘ysinov
-50 kg: Sayat Ilyasov
-54 kg: Farruh To‘laganov
-63 kg: Bunyod Amirov
-46 kg: Gulsevar G‘aniyeva
-63 kg: Sitora Bahodirova
-70 kg: Oysha Toirova
Belbog‘li kurash:
-57 kg: Kamron Ortiqov
-68 kg: Oybek Sultonov
-75 kg: Nusrat Sultonboyev
-82 kg: Muhammad Rasulov
-90 kg: Oybek Muhammadiyev
-52 kg: Farangiz Abdunabiyeva
-66 kg: Maftunabonu Mahmudova

Kumush:
Boks
:
-46 kg: Ilhom Ergashev
-57 kg: Qahramon Fozilov
+80 kg: Ravshan Soliyev
-48 kg: Robiya Baxtiyorova
-50 kg: Shaxina Ne'matova
-57 kg: Ra'no Muratbayeva
-60 kg: Muxlisa Toxirova
-66 kg: Sanobar Bozorboyeva
-80 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Belbog‘li kurash:
-48 kg: Mohigul Ibragimova
-58 kg: Bibigavxar Po‘latbayeva
-76 kg: Zemfira Azatova

Bronza:
+76 kg: Munisa Nosirova

Shu tariqa O‘zbekiston 14ta oltin, 14ta kumush va 8ta bronza bilan umumjamoa hisobida 7-pog‘onadan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Mavzuga oid