O‘zbekistonga kirib kelayotgan islom banki, pulli yo‘llar, soliqdagi yangiliklar – hafta «iqtisodiy dayjesti»
Sentabr oyini boshlab bergan haftada O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim yangiliklar sodir bo‘ldi. Kun.uz haftaning pulli xabarlarini to‘pladi.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdosi 2 barobarga oshdi
Respublikaning mintaqa davlatlari bilan savdosi (2016 yildan 2019 yilgacha) 2 barobardan ziyodga oshib, 2,5 milliard dollardan 5,2 milliard dollarga yetdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro savdoda 1,1 milliard dollarlik amalga oshirilmagan eksport salohiyati mavjud. Xususan, bu oziq-ovqat mahsulotlarida 530 million dollarga, kimyo mahsulotlarida 180 million dollarga, metallurgiyada 120 million dollarga va yengil sanoatda 110 million dollarga teng.
Toshkentda Islom taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
1-4 sentabr kunlari Toshkentdagi Xalqaro Kongress markazida Islom taraqqiyot banki (IsDB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda ITB guruhiga kiruvchi 57 mamlakatdan vazirlar va rasmiylar, shuningdek, 2000 dan ortiq yirik biznes vakillari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bevosita va onlayn tarzda qatnashmoqda.
Uchrashuvning asosiy mavzusi — ITBga a'zo mamlakatlarning pandemiyadan keyin ijtimoiy va iqtisodiy tiklanishi.
Yangi pulli yo‘llar vaqtni 4 soatdan 2 soatgacha qisqartirishi aytildi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xorijiy sarmoyadorlarga pulli yo‘llar qurish uchun ikkita yo‘nalishni, Toshkentdan Samarqandgacha (305 km) va Toshkentdan Andijongacha (340 km), taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Umumiy uzunligi qariyb 645 km bo‘lgan yangi yo‘llar vaqtni 4 soatdan 2 soatga qisqartiradi va mahalliy, mintaqaviy va xalqaro yo‘lovchi va yuk tashish uchun ishlatiladi.
1 sentyabrdan soliqda nima yangiliklar bo‘ladi?
1 sentyabrdan boshlab yakka tartibda tashuvchilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undiriladi (davlat bojidan 2021 yil 1 sentyabrgacha ozod etilgandi).
Shuningdek, yakka tartibdagi tashuvchilar o‘z faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshiradi.
2021 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi.
Avgustda tovar va xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashdi
Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, avgust oyida iste'mol sektoridagi inflatsiya 0,5 foizni tashkil qildi. Joriy yil boshidan iste'mol sektorida narxlarning o‘sish darajasi 4,8 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonda islom taraqqiyot banki ishtirokida yangi jamg‘arma tuzildi
Jamg‘arma Islom taraqqiyot banki, O‘zbekiston hukumati va Saudiya Arabistoni o‘rtasida tashkil etilgan bo‘lib, boshlang‘ich kapitali 100 million dollarga teng.
Jamg‘arma tuzilishidan asosiy maqsad O‘zbekistondagi kichik va o‘rta korxonalar, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va biznesini rivojlantirish uchun moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan yordam olishlari mumkin bo‘lgan qulay investitsiya platformani yaratish hisoblanadi.
ITB elektron to‘lov platformasini ishga tushirdi
Islom taraqqiyot banki Toshkentda bo‘lib o‘tgan yillik 46-yig‘ilishida moliyaviy samaradorlikni oshirishga qaratilgan yangi platformani ishga tushirdi.
Pul mablag‘lari to‘lovini tezlashtiruvchi raqamli platforma bank operatsiyalarining samaradorligini oshiradi va ishbilarmonlik munosabatlarini amalga oshirishni soddalashtiradi.
Mavzuga oid
16:40 / 05.08.2023
Qiynalayotgan budjet, g‘alati xususiylashtirish va IMVda rokirovka - iqtisodiy taymlayn
18:44 / 24.06.2023
Rekord miqdordagi elektr, kamayayotgan gaz, kun tartibiga chiqqan suv - iqtisodiy taymlayn
19:00 / 17.06.2023
Arzonlashgan “rastamojka”, sotilgan Ipotekabank, Uzum va Click birlashuvi – iqtisodiy taymlayn
15:11 / 10.06.2023