JARning sobiq prezidenti Jyeykob Zuma muddatdan oldin ozodlikka chiqarildi
JARning sobiq prezidenti, 15 oyga ozodlikdan mahrum etilgan Jyeykob Zuma sog‘lig‘i munosabati bilan shartli tarzda muddatdan oldin ozodlikka chiqarildi.

Foto: Reuters
79 yoshli Zuma 6 avgustda turmadan harbiy gospitalga o‘tkazilgan. Bir haftadan keyin unda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Shu bilan bir vaqtda Zumaning advokatlari tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra sobiq prezidentning muddatdan oldin ozod etilishini so‘rashgan. JARning amaldagi qonunlariga ko‘ra, mahkum jazo muddatining qanday qismini o‘taganidan qat'i nazar, sog‘lig‘i bo‘yicha istalgan vaqt ozod etilishi mumkin.
Endilikda sobiq prezident qolgan jazo muddatini axloq-tuzatish muassasalari xodimlari nazorati ostida o‘tkazadi.
Zuma 29 iyunda sudga hurmatsizlikda ayblanib, 15 oyga ozodlikdan mahrum etilgandi. Sudya Raymonda Zondo sobiq prezidentni maxsus komissiyaga ko‘rsatmalar berish uchun kelmaganlikda va undan buni talab qilgan konstitutsiyaviy sudga hurmatsizlik qilishda ayblagan. Komissiya 2009-2018 yillar Zumaning prezidentligi vaqtida hukumatdagi korrupsiya holatlari bo‘yicha tergov olib bormoqda.
Zuma 8 iyuldan boshlab jazo muddatini o‘tay boshlagandi. Shundan keyin JARda Zumaning qamoqqa olinishiga qarshi norozilik namoyishlari boshlanib, tartibsizliklarga aylanib ketgandi. Tartibsizliklarda kamida 337 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

21:12 / 10.04.2025
JARda pingvin sabab vertolyot falokatga uchradi

13:43 / 15.03.2025
JAR elchisi AQShda persona non grata deb e’lon qilindi

22:32 / 06.02.2025
AQSh Davlat kotibi Markio Rubio G20 yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi

09:12 / 03.02.2025