Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 23 mln dollarlik choy import qildi
O‘zbekiston 20ta davlatdan choy import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-avgust oylarida 20ta xorijiy davlatdan qiymati 23,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 17,3 ming tonna choy import qilgan.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda choy importi 757 ming AQSh dollariga oshgan.
2021 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 13,5 ming tonna;
- Keniya – 1,4 ming tonna;
- Eron – 594,7 tonna;
- Hindiston – 364,4 tonna;
- Indoneziya – 358,9 tonna;
- Shri-Lanka – 291,6 tonna;
- Vetnam – 289,4 tonna;
- Rossiya – 237,6 tonna;
- BAA – 168,0 tonna.
Bundan oldin, O‘zbekistonga choy asosan Xitoy va Keniyadan olib kelinayotgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025