Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tolibon” Hamid Karzay va Abdulla Abdullaga fuqarolar bilan uchrashishni taqiqladi - OAV
Karzay, Abdulla va Islom partiyasi yetakchisi Gulbiddin Hikmatyor hukumatning "Tolibon"ga tinch yo‘l bilan o‘tishi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzgandi.
"Tolibon" harakati rahbariyati Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay va milliy yarashuv oliy kengashi rahbari Abdulla Abdullaga mamlakat fuqarolari bilan uchrashishni taqiqladi. Bu haqda Al Arabiya telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Telekanal ushbu qaror sababini ma'lum qilmagan.
Karzay, Abdulla va Islom partiyasi yetakchisi Gulbiddin Hikmatyor hukumatning "Tolibon"ga tinch yo‘l bilan o‘tishi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzgandi.
Ariana News telekanali ular Afg‘onistonni boshqarish bo‘yicha kengash tarkibiga kirishi mumkinligini bildirgandi.
Avgust oxirlarida CNN telekompaniyasi Abdulla Abdulla va Hamid Karzay uy qamog‘ida ekanligi haqida xabar qildi.
Mavzuga oid
13:48 / 15.08.2022
Hamid Karzay AQShning Afg‘onistondan chiqib ketishini «sharmandalik» deb atadi
18:53 / 16.12.2021
Hamid Karzay toliblardan Kobulni tezroq egallashlarini so‘raganini aytdi
16:18 / 26.08.2021
Toliblar Abdulla va Karzayni uy qamog‘ida saqlamoqda – OAV
20:33 / 23.06.2021