“Musofir yerlarda imkonsizmiz”: Hindistonda qolayotgan surxon qizi taqdiri
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida istiqomat qiluvchi Zamira To‘rayeva ot minib o‘sgan, haqiqiy surxon qizi edi. Afsuski besh yildan buyon unga yopishgan jigar sirrozi deb atalmish dard Zamirani to‘shakka mixladi. Ayni paytda unga jigar ko‘chirish operatsiyasi zarurligi uchun bor-yo‘g‘ini sotib Hindistonga opasi bilan birgalikda jo‘nab ketishgan. Muolaja uchun zarur bo‘lgan 26 ming AQSh dollari miqdoridagi to‘lov ularni musofirlikda imkonsiz qoldirmoqda.
“Bor imkoniyatlarimizni ishga solib, najot izlab Hindistonga keldik. Kundan kunga ahvoli og‘irlashib boryapti. Singlim endigina 28 yoshga kirdi, bittagina o‘g‘li bor. Onasini intiq bo‘lib kutyapti. Yaxshilarning yordamiga muhtoj bo‘lib turibmiz. O‘g‘li uchun yashasin singlim. Musofir yerlarda noumid bo‘lib qolib ketmaylik” deya yurtdoshlarimizga murojaat qilishyapti opa-singillar.
Bemorga yordam berish, ayniqsa ayollarini yolg‘iz tashlab qo‘ymaslik xalqimizga xos odat. O‘ylaymizki, bu opa-singillar ham o‘zga yurtda o‘z vatandoshlarining mehrli qo‘llarini his qilishadi.
Zamira To‘rayevaga oid ma'lumotlar:
O‘zkard: 8600 0602 4639 0075 bemor Zamira To‘rayeva
Sberbank: 5469 5500 4680 5575 akasi Jasur Ro‘ziyev nomida
Telefon: +998915124530 (otasi)
+9185108 08206 (Hindiston raqami)
Mavzuga oid
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024