Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya Afg‘oniston yo‘nalishida hamkorlikni kengaytiradi
2021 yilning 6 sentyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha vaziri Dominik Raab o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar rivojini muhokama qildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.
Afg‘onistondagi vaziyat va mazkur mamlakatda tinch siyosiy jarayonga ko‘maklashish borasida fikr almashildi. Har ikki tomonning bu yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirishdan birday manfaatdor ekanligi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025