Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida masjidga kirgan kishining mashinasidan 70 million so‘m pulini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
Qarshi shahrida masjidga peshin namozin o‘qish uchun kirib ketgan kishining mashinasidan 70 million so‘m pulini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 3 sentabr kuni Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIBga o‘g‘irlik sodir bo‘lgani haqida xabar tushgan. Xabarga ko‘ra, 3 sentabr kuni soat 13:00 larda noma'lum shaxs Qarshi shahar «Mahallot» MFY hududidagi «Mahallot» jome masjidiga peshin namozini o‘qish uchun kirgan, Qarshi shahar «Komilon» MFYda yashovchi Elbekning «Neksiya-3» mashinasidan 70 million so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan.
Qayd etilishicha, Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv davomida mazkur o‘g‘irlikni Qarshi shahar «Komilon» MFYda yashovchi muqaddam sudlangan Hikmatillo sodir etganligi aniqlangan. Undan ashyoviy dalil tariqasida 67 million 300 ming so‘m pul hujjatlashtirib olingan.
Ta'kidlanishicha, holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB tergov bo‘limi tomonidan Hikmatilloga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur shaxsga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi
19:12 / 30.01.2025
Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxslar ushlandi
18:19 / 13.01.2025