Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi AQShning “Air Producs and Chemicals, Inc.” kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va AQShning “Air Producs and Chemicals, Inc.” kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti Samir Serxan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar neft va gaz sanoatida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, jahon energetika va neft-gaz kimyosi bozorining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha bir qator masalalarni muhokama qilishdi.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati tomonidan xorijiy hamkorlarga O‘zbekiston Respublikasi neft va gaz sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berildi.
“Air Producs” kompaniyasi mintaqamiz va mamlakatimizga bo‘lgan katta qiziqishlarini bildirar ekan, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini qayd etishdi.
Ta'kidlash joizki, “Air Producs” kompaniyasi “Uzbekneftegaz GTL” zavodida havo ajratish qurilmasi qurilishida ishtirok etmoqda.

Shuningdek, xorijiy tomon O‘zbekiston Respublikasi hududida noyob gazlar ishlab chiqarish zavodi qurilishiga ham qiziqish bildirgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, birgalikdagi qayta ishlash faoliyatining yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga kelishishdi.
Ma'lumot uchun: “Air Producs and Chemicals, Inc.” sanoat gazlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, 75 yildan buyon jahon bozorida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. 2019 yilda kompaniyaning 50 ta mamlakatda olib borayotgan hamkorligi evaziga tushgan savdo hajmi 8,9 milliard dollarni, kapitallashuvi esa 50 milliard dollarni tashkil etdi.
Kompaniyaning asosiy faoliyati – atmosfera va texnologik gazlar va turli sohalar uchun tegishli uskunalar, shu jumladan, neftni qayta ishlash va neft-kimyo, metallurgiya, elektronika, oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarishdan iborat.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi
17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?
22:19 / 19.12.2024