Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi shahrida onasining pulini o‘g‘irlagan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qarshi shahrida onasining pulini o‘g‘irlagan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 21 avgust kuni Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIBga shaharning «Kat» MFYda yashovchi ayol S.N. ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida o‘g‘li Sh.O‘. bozordagi o‘ziga tegishli savdo do‘konining kirish eshigini buzib, 3 million so‘m miqdoridagi pulni o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Qayd etilishicha, 4-sonli IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Sh.O‘.dan 1,5 million so‘m pul tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan Sh.O‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
20:07 / 22.04.2025
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi
14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi
20:03 / 30.01.2025