Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yashovchi 71 yoshli onaxon 29 yil deganda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi 71 yoshli onaxon 29 yil deganda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Bu haqda Nishon tumani hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Lyuli Qoraqulova 1992 yilda ma'lum sabablarga ko‘ra Tojikiston Respublikasidan Nishon tumani, Talimarjon shaharchasiga ko‘chib kelgan. Shundan so‘ng u uzoq yillar davomida fuqaroligi yo‘q shaxs guvohnomasi bilan yashab kelgan.
Joriy yil 8 sentabr kuni onaxonga Nishon tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 16 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonunni imzolagandi. Unga ko‘ra, 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi. Shuningdek, qonun bilan O‘zbekistonda tug‘ilgan fuqaroligi bo‘lmaganlarga fuqarolik olish uchun uzluksiz 5 yil yashash talabi bekor qilingan.
Mavzuga oid
16:49 / 29.07.2024
Yakkasaroy tumani “pasport stol” boshlig‘i 7 yilga qamaldi. U chet el fuqarolariga O‘zbekiston fuqaroligini pullagan
12:15 / 18.10.2023
Qashqadaryoda hovlisida bir tonna kannabis yetishtirayotgan shaxs ushlandi
14:06 / 17.11.2022
Qashqadaryoda fermerlarning oqarayotgan kosasiga chang solinyapti
12:08 / 09.11.2022