Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda imkoniyati cheklangan shaxslar o‘zlari ishlayotgan korxonaning yopilayotganidan norozi bo‘lib Prezidentga murojaat qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi imkoniyati cheklangan shaxslar o‘zlari ishlayotgan korxonaning yopilayotganidan norozi bo‘lib Prezidentga murojaat qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabar yuzasidan viloyat prokuraturasi munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, xabarda ko‘rsatilgan holatlar Surxondaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tegishli tashkilotlardan malakali mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda prezidentga murojaat bilan chiqqan imkoniyati cheklangan shaxslar tikuvchilik faoliyatini yuritayotgan korxona rahbari bugungi kunda safardaligi, 9 sentabr kuni Termiz shahriga yetib kelishini ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, bugun 9 sentabr kuni viloyat prokurori rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan korxona rahbari va vakillari bilan ularning ish joyida uchrashuv tashkil etilib, murojaatlari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025