Jizzax viloyatida yoshlar uchun sport kompleksi qurishga ajratilgan yerni sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
Sharof Rashidov tumanida ro‘yxatdan o‘tgan qurilish kompaniyasida ish boshqaruvchi bo‘lib ishlovchi fuqaro tuman hokimi tomonidan yoshlar uchun sport kompleksi qurishga ajratilgan 18 sotix yerni 15 000 dollarga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma'lum qildi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va DXXning Jizzax viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamkorligida Sh.Rashidov tumani So‘g‘diyona mahallasida yashovchi fuqaroning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda joriy yilning 31 avgust kuni Zarbdor tumani Bo‘ston shaharchasida yashovchi fuqaro qo‘lga olindi.
U Sh.Rashidov tumani «Toqchilik» QFY hududida joylashgan va tuman hokimining qarori bilan yoshlar uchun sport kompleksi qurish uchun ajratilgan 18 sotix yer maydonini 15 000 dollarga sotishga kelishib, oldindan 5000 dollarni Jizzax shahar Zargarlik mahallasi hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:39 / 12.11.2024
Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdorning o‘zi korrupsiya bilan qo‘lga tushdi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
19:42 / 07.11.2024
Taxiatosh tumani hokimi sobiq o‘rinbosari ozodlikdan mahrum etildi. U budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan
10:34 / 05.11.2024