Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasiga 30ta zamonaviy tank olib kelinadi
Avvalroq Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini tankka qarshi raketa majmualari bilan kuchaytirgandi.
Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi 30ta zamonaviy tank oladi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug avtobronetank xizmati boshlig‘i Xanif Beglov ma'lum qildi.
«Yil oxiriga qadar Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasidagi jangovar mashinalar o‘rniga 30ta zamonaviy tank keltiriladi», — dedi Beglov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yil boshidan buyon Markaziy harbiy okrug qismlari 100ga yaqin bronetanklarga ega bo‘lgan.
Qayd etilishicha, qurollar Afg‘onistondagi vaziyat sababli yangilanmoqda.
Avvalroq Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini tankka qarshi raketa majmualari bilan kuchaytirgandi.
Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi Dushanbe va Boxtar shaharlarida joylashgan. Uning tarkibiga motoo‘qchi, tank, artilleriya, razvedka, havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari kiradi.
Mavzuga oid
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
17:55 / 14.05.2025
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025