Jahon | 22:06 / 10.09.2021
11545
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Bayden bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazish istagini bildirdi

Foto: Getty Images

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazish istagini bildirdi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.

“Xavfli bo‘lishi mumkinligi sababli professional bokschidan boshqa biron-bir kimni raqib sifatida tanlashim kerak bo‘lsa, unda Jo Baydenga qarshi jang men uchun eng osoni bo‘ladi”, deb aytgan Tramp.

Sobiq prezidentning aytishicha, bunday jang uzoq cho‘zilmaydi. “Fikrimcha, uni tez mag‘lub etaman. O‘ylashimcha, u bir necha soniyadayoq nokautga uchraydi”, deb davom ettirgan Tramp.

8 sentyabrda Tramp o‘z o‘g‘li bilan birga amerikalik Evander Xolifild va braziliyalik Vitor Belfort o‘rtasidagi boks jangini sharhlashi ma'lum bo‘ldi. Jang 11 sentyabrda Hollivud shahrida bo‘lib o‘tadi.

58 yoshli Xolifild og‘ir vaznda jahon chempioni bo‘lgan. U The Ring nashri talqiniga ko‘ra uch marta (1987, 1996, 1997 yillar) yilning eng yaxshi bokschi deb topilgan. Mashhur bokschining hisobida 57 ta jangdan 44ta g‘alaba va 10 ta mag‘lubiyat bor.

Vitor Belfort UFC’ning yarim og‘ir vazndagi sobiq chempioni bo‘lib, 2018 yilda faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan. Uning hisobida 26 ta g‘alaba va 14 ta mag‘lubiyat bor.

Mavzuga oid