Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ombudsmanning joylardagi vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, farmon bilan Ombudsmanning joylarda doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari lavozimlari joriy qilinadi.
Ombudsman mintaqaviy vakillari, jumladan:
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, inson huquqlari monitoringini tashkil etadi va o‘tkazadi;
fuqarolarning shikoyatlarini qabul qiladi va ko‘rib chiqadi, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashadi.
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari o‘zlarining faoliyatida bevosita Ombudsmanga hisobdordir.
Farmonga ko‘ra, yangi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
11:35 / 01.04.2025
Bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi
21:18 / 15.01.2025