Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda o‘tkazilgan reydlarda 1 450 ta yo‘l harakati qoidalari buzilishi holati aniqlandi
Qashqadaryo viloyatida «Xavfsiz hudud» maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan reydlar davomida 1 450 ta yo‘l harakati qoidalari buzilishi holati aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz hudud» maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida yo‘llarda harakatlanish davomida qoidalarni buzayotgan haydovchilar ham aniqlanib, ularga chora ko‘rilmoqda.
Jumladan:
- 1 450 nafar haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilgani (382 ta qo‘pol qoidabuzarlik) aniqlanib, 281 ta transport vositalari jarima maydoniga joylashtirilgan;
- Mast holda mashina boshqarish – 26 ta;
- Qizil chiroqqa bo‘ysunmaslik – 208 ta;
- Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talabini bajarmaslik – 20 ta;
- Transport vositasini hujjatlarsiz boshqarish – 156 ta;
- Transport vositalarining 39 tasida sovuq qurol borligi aniqlangan;
- Bitta holatda iste'molga yaroqsiz go‘sht olib ketilayotgani aniqlangan;
- 4 ta qidiruvdagi transport vositalari va 1 nafar qidiruvdagi shaxs ushlangan.
Bundan tashqari, 4 ta ta'lim muassasasi hududidan o‘tgan yo‘llar zamonaviy yo‘l belgilari bilan jihozlanib, o‘quvchilar xavfsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratilgan. Transport vositalarining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qiluvchi bitta noqonuniy avtoturargoh aniqlanib, bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, viloyat IIV YHXBga Ichki ishlar vazirligi hisobidan yo‘llarda harakatlanish davomida qoidabuzarliklarni nazorat qilish bo‘yicha mobil radar komplekslari o‘rnatilgan 5 ta «Nexia-3» va 16 ta «Alkotester» vositalari berilgan.
Mavzuga oid
10:06 / 13.03.2025
Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga qarshi reyd boshlandi
14:40 / 12.02.2025
“O‘n ming so‘mlikni dumaloqlab, kukunni burnidan tortdi” - Toshkentda navbatdagi reyd
12:28 / 11.11.2024
Toshkentda noqonuniy tashqi reklamalarni olib tashlash bo‘yicha reyd o‘tkazildi
07:30 / 20.05.2024