Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya “Tolibon” hukumatini tan olishdan bosh tortdi
Fransiya “Tolibon” hukumatini tan olishdan va ular bilan har qanday aloqadan bosh tortadi. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian aytib o‘tdi.
“Fransiya "Tolibon" hukumatini tan olishni yoki u bilan har qanday aloqani rad etadi. Biz ularning kelgusi xatti-harakatlarini kutyapmiz. Biz ularga bir nechta shart qo‘ydik”, deb aytgan Le Drian.
Ta'kidlanishicha, qo‘yilgan shartlar orasida mamlakatdan ketishni istaganlarga to‘siqlarsiz ruxsat berish, “Tolibon” nazorati ostida bo‘lmagan hududlarga gumanitar yordam yetkazilishiga imkon berish, ayollar huquqlarini hurmat qilish va “Al-Qoida” bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish talabi bor.
“Ular ba'zi xorijlik va afg‘onlarga mamlakatdan hech qanday to‘siqlarsiz chiqib ketishlariga ruxsat berishlari hamda inklyuziv hukumat tashkil etish haqida bir necha marta gapirishdi. Lekin ular yolg‘on gapirishyapti. Hozircha ular tomondan hech qanday natija yo‘q”, deb qo‘shimcha qilgan vazir.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025