Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Jahon chempionatini alamli mag‘lubiyat bilan boshladi
Litvada futzal bo‘yicha jahon chempionatiga start berildi.
O‘zbekiston milliy jamoasi ilk turda Gvatemala bilan bahs yuritib, bellashuv yakuniga 15 soniya qolganida durangni qo‘ldan chiqardi. Kampaniya, Sandoval (2ta) va Agilyarning (2ta) gollariga Ropiyev het-trigi bilan javob berdi. Shuningdek, Enrikez avtogol muallifiga aylandi.
Guruhning ikkinchi bahsida Rossiya Misrga javobsiz 9ta gol urdi.
O‘zbekiston 2-turni 15 sentabr kuni Rossiyaga qarshi o‘tkazadi.
JCh. 1-tur. 12 sentabr
O‘zbekiston — Gvatemala 4:5
Gollar: Ropiyev (6, 25, 35), Enrikez (38, avtogol) — Kampanya (4), Sandoval (5, 22), Agilyar (7, 40).
O‘zbekiston — Rustam Umarov, Ixtiyor Ropiyev, Husniddin Nishonov, Ilhom Hamroyev, Davron Choriyev, Anasxon Rahmatov, Akbar Usmonov, Mashrab Odilov, Sunnat Jo‘rayev, Xushnur Erkinov, Muzaffar Ahadjonov, Elbek To‘lqinov, Shahzod Sa'diyev, Dilshod Rahmatov, Ravshan Eliboyev.
Rossiya — Misr 9:0
Gollar: Kudziyev (6), Chishkala (13, 16, 30), Antoshkin (28), Elashval (28, avtogol), Abramov (31 penalti, 32), Milovanov (36).


Mavzuga oid
13:50 / 09.02.2025
Dilshod Rahmatov futzalchilik faoliyatini yakunladi
23:10 / 11.10.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston futzal milliy jamoasi JCh-2024dan keyin 10 pog‘ona pastladi
16:42 / 08.10.2024
O‘zbekiston futzal jamoasi bosh murabbiyi bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi
13:19 / 07.10.2024