Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta'minlashga oid qonunni imzoladi
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Hujjatda belgilanishicha, seysmik xavfsizligi ta'minlanadigan obektlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy birliklarining hududi;
- mudofaa, sanoat, agrar, energetika, ilmiy-texnika majmualari, suv omborlari va gidrotexnika inshootlari, sog‘liqni saqlash muassasalari, ta'lim tashkilotlari, jamoat va turar joy binolari;
- moddiy va madaniy meros obektlari;
- ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, tonnellar va yo‘llar;
- muhandislik va transport kommunikatsiyalari, gaz, suv, issiqlik va elektr ta'minoti tarmoqlari.
Seysmik xavfsizligi ta'minlanadigan obektlar ahamiyatiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:
- I toifa – xavflilik omili past bo‘lgan obektlar;
- II toifa – xavflilik omili o‘rtacha bo‘lgan obektlar;
- III toifa – xavflilik omili yuqori bo‘lgan obektlar;
- IV toifa – xavflilik omili juda yuqori bo‘lgan obektlar.
Vazirlar Mahkamasi seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida seysmik xavf darajasini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar monitoringini doimiy ravishda olib boradi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududida, transchegaraviy hududlarda, shuningdek tabiiy va texnogen xavf yuqori bo‘lgan hududlarda seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni tashkil etadi, kuchli zilzilalar yuz berishi xavfi paydo bo‘lganda ularning oqibatlarini bartaraf etishga doir zarur choralar ko‘radi hamda aholini va davlat organlarini kuchli zilzilalar to‘g‘risida tezkor xabardor qiladi.
Bundan tashqari, yuz berishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatlarining bartaraf etilishini hamda bunday vaziyatlarda davlat tizimi kuchlari va vositalarining shayligini, shuningdek, avariya-qutqaruv kuchlarining, maxsus texnikaning va maxsus tuzilmalarning zilzilalar episentrida tezkor-qutqaruv ishlarini amalga oshirishga doir doimiy shayligini ta'minlaydi.
Qurilish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlarning seysmik xavfsizligi ta'minlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholaydi hamda nazorat qiladi.
Elektron texnik pasportlar asosida binolar va inshootlarni seysmik jihatdan zaifligi bo‘yicha tasniflashda, shuningdek binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvida hamda ularning zilzilabardoshligini oshirishda ishtirok etadi.
Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek ko‘p qavatli turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga oladigan elektron texnik pasportlarni shakllantiradi.
O‘zbekiston Respublikasidagi qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta'minlash, shuningdek mavjud binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish uchun zarur choralar ko‘radi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
09:52 / 21.02.2025