Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonning yangi tayinlangan tashqi ishlar vaziri dastlabki xorij elchilarini qabul qildi
Xitoy va Pokiston vakillari toliblar hukumati bilan ilk diplomatik muloqotni o‘tkazdi.
Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy xorij delegatsiyalari bilan dastlabki uchrashuvlarini o‘tkazdi. Tashqi ishlar vazirligi spikeri Muhammad Nayimning ma'lum qilishicha, Muttaqiy Xitoy va Pokiston delegatsiyalari bilan uchrashgan.
Xabar qilinishicha, Xitoy elchisi Van Yu Afg‘onistonning yangi hukumatini muborakbod etgan va Xitoy Afg‘oniston bilan gumanitar, iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni davom ettirishini bildirgan.
Muttaqiy koronavirusga qarshi 3,3 mln doza vaksina yetkazib bergani uchun Xitoyga minnatdorlik bildirgan.
U shuningdek, Pokiston elchisi Mansur Ahmad Xon bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida Spin Boldak nazorat-o‘tkazuv punkti va Chaman shahri orqali odamlarning harakatlanishi muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, "Tolibon" o‘tgan haftada vaqtinchalik hukumat tarkibini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025