Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga yil boshidan buyon xorijda vafot etgan 323 nafar fuqaro jasadi olib kelindi
O‘zbekistonga yil boshidan buyon xorijda vafot etgan 323 nafar fuqaro jasadi olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 8 oy ichida agentlik tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 7 025 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 262 161 nafariga maslahat xizmatlari, 4 853 nafariga ijtimoiy yordam, 8 268 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi.
4 150 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratilgan. 219 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirilgan.
Xorijda vafot etgan 323 nafar fuqaro jasadi olib kelingan. 271 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar qaytarilgan.
Bundan tashqari, og‘ir tan jarohati olgan 11 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berilgan. Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan qariyb 692,7 ming AQSh dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berilgani aytiladi.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
19:21 / 01.05.2025