Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada mehmonxonadan 20 nafar xorijlik o‘g‘irlab ketildi
Meksikaning markaziy qismidagi San-Luis-Potosi shtatida noma'lum kishilar mehmonxonadan 20ga yaqin xorijiy fuqaroni o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda shtat prokuraturasi ma'lum qildi.
Prokuratura boshlig‘i Federiko Erreraning ta'kidlashicha, voqea yuz bergan Mateuala shahriga tergov o‘tkazish va o‘g‘irlab ketilgan xorijliklarni topishda yordam berish uchun prokuratura xodimlari jo‘natilgan.
Guvohlarning ma'lum qilishicha, bosqinchilar mehmonxonaga 3ta avtomobilda kelib, xorijliklarni noma'lum yo‘nalishda olib ketishgan. Ta'kidlanishicha, o‘g‘irlangan xorijliklar orasida Haiti va Venesuela fuqarolari bor.
Har yil zarur hujjatlarsiz bo‘lgan yuz minglab muhojirlar Meksika orqali AQShga o‘tishga harakat qiladi. Ular bu yo‘lda ko‘pincha jinoiy guruhlar va odam savdogarlari qurbonlariga aylanadi. 29 avgustda Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador hukumat migratsiya oqimini to‘xtatishni davom ettirishini, ammo buning uchun avvalambor odamlarni o‘z davlatlarini tark etishga majbur qiluvchi muammolarni hal qilish lozimligini aytgan.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025