Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyani qayta nomlash talab qilindi
Yangi Zelandiyaning tub aholisini birlashtiruvchi “Maori partiyasi” mamlakat nomini “Aotearoa” deb o‘zgartirish haqida hukumatga petitsiya berdi. Ta'kidlanishicha, Yangi Zelandiya tub aholi - maori tilida shunday ataladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, maori tilidan “Aotearoa” “uzun oq bulut mamlakati” deb tarjima qilinadi.
“Aotearoa mamlakatni bo‘laklovchi emas, balki birlashtiruvchi nomdir. Qolganlar buni mamlakatni bo‘laklash vositasi sifatida qo‘llashga urinmoqda, biroq bu ajdodlarimiz ushbu yerda barchamiz yashashimizga rozilik bergan, barchani qamrab oluvchi vosita hisoblanadi. Yangi Zelandiya mamlakatning gollandcha nomlanishidir. Hattoki gollandlar ham o‘z mamlakatlarini Gollandiyadan Niderlandiyaga o‘zgartirishdi”, deb aytilgan partiya murojaatida.
Shuningdek, petitsiyada mamlakatning barcha shaharlariga maori tilidagi dastlabki nomlarini qaytarish lozimligi aytilgan. Ushbu jarayonni 2026 yilgacha yakunlash ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
19:28 / 27.11.2024