O‘zbekiston | 15:25 / 16.09.2021
2337
2 daqiqa o‘qiladi

Muzrabotda yo‘l ta'miri kechiktirilgani aholi noroziligiga sabab bo‘lmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda 4R-110 avtomobil yo‘lining Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidan o‘tgan qismi ta'mirtalab ahvolga kelib qolgani tufayli aholi norozi bo‘layotgani va yo‘lni to‘sib tirbandlik sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Munosabatda ma'lum qilinishicha, bugun, 16 sentabr kuni Muzrabot tumani hokimi Erkin Alimov tuman IIB boshlig‘i Sh.Narmuratov bilan birga davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-110 yo‘lining Oriyat mahallasidan Mehnatobod va Yangiyer mahallalariga o‘tuvchi 73-74-kilometrlarida tirbandlik yuzaga kelgani bo‘yicha mahalla aholisi bilan uchrashgan.

Uchrashuv jarayonida mutasaddilar fuqarolarga mazkur yo‘l davlat ahamiyatiga ega ekani, prezidentning Surxondaryoga tashrifi davomida ta'mirlash dasturga tushirilgani, 2020 yil 2 milliard 20 million so‘m mablag‘ moliyalashtirilgani, amalda esa ishlar 500 mln so‘m ortig‘i bilan bajarilgani aytib o‘tilgan.

Qayd etilishicha, tuman hokimi aholi vakillariga mazkur yo‘lda sentabr oyi ichida asfalt yotqizish ishlari boshlanib, nihoyasiga yetkazilishini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda mahallada yo‘l ochilib transport qatnovi izga tushgan.

Mavzuga oid