Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda savdo do‘konidan 5 100 dollar o‘g‘irlagan Eron fuqarolari qo‘lga olindi
Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan savdo do‘konidan 5 100 AQSh dollarini o‘g‘irlagan Eron fuqarolari bo‘lgan er-xotin qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 12 sentabr kuni Payariq tumani IIBga 1981 yilda tug‘ilgan B.Sh. ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatda aytilishicha, 12 sentabr kuni soat 17:00 larda B.S. savdo qilib turgan do‘konga tashqi ko‘rinishidan xorij fuqarolariga o‘xshaydigan erkak va ayol kishi kelib, turk tilida gapirib, 100 dollarni ikkita 50 dollarlik kupyuralariga almashtirib berishini so‘ragan. B.Sh. do‘konidagi seyfdan kupyuralarni ularga olib berayotgan vaqtda, erkak seyfdagi 5 100 dollarni o‘g‘irlab, ayol bilan birga chiqib ketgan. B.Sh. o‘z murojaatida ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Qayd etilishicha, Xavfsiz turizmni ta'minlash xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv natijasida, ushbu jinoyatni Eron Islom Respublikasi fuqarolari 1958 yilda tug‘ilgan R.A. hamda uning turmush o‘rtog‘i 1980 yilda tug‘ilgan S.D. sodir etgani aniqlangan. Ular Toshkent shahri hududida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Ta'kidlanishicha, hozirda holat yuzasidan Samarqand viloyati Payariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi
19:12 / 30.01.2025
Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxslar ushlandi
18:19 / 13.01.2025