Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolik sudlarida ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi
“Sudga murojaat qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi va fuqarolik protsessiga soddalashtirilgan ish yuritish tartibi joriy etilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Fuqarolik protsessual kodeksiga soddalashtirilgan tartibda ish yuritish instituti kiritildi.
Da'voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan 10 baravaridan, jismoniy shaxslarga nisbatan esa 5 baravaridan oshmasa, ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Soddalashtirilgan tartibda ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda javobgarga da'vo arizasiga doir yozma fikrini taqdim etishi zarurligini ko‘rsatadi va uni javobgarga yuboradi.
Javobgar da'vo arizasiga doir yozma fikrini sudga o‘zi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli.
Soddalashtirilgan tartibda ish ajrim chiqarilgan kundan 20 kundan oshmagan muddatda yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish muddati uzaytirilmaydi.
Sud soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni sud muhokamasini o‘tkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan ko‘rib chiqadi. Sud taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tushuntirishlarni, e'tirozlarni va (yoki) vajlarni tekshiradi, dalillar bilan tanishadi hamda hal qiluv qarorini qabul qiladi.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
09:52 / 21.02.2025