Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda oltin ma'danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksi quriladi
Vazirlar Mahkamasi “Pistali” konida tarkibida oltin bo‘lgan ma'danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)” investitsiya loyihasining TIAni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Investitsiya loyihasining qiymati 274 668,9 ming dollarni tashkil etadi. Obektni 2024 yil dekabr oyida foydalanishga topshirish yiliga tarkibida oltin bo‘lgan 4 mln tonna hajmdagi ma'danlarni qazib olish bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar tashkil etish imkonini beradi.
Loyihani amalga oshirish uchun 245 070 ming dollar miqdorida 5 yil muddatga uch yillik imtiyozli davr bilan xorijiy kreditlar jalb qilinadi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- “Pistali” konida tarkibida oltin bo‘lgan ma'danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini qurish (6-GMZ)" investitsiya loyihasi TIAning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
- investitsiya loyihasi bo‘yicha xorijiy banklar kreditlarini qaytarish reja-jadvali.
"Navoiy KMK" AJ qarz oluvchi bo‘lib, investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, xorijiy banklarning kreditlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi uchun mas'ul hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi
18:21 / 09.04.2025