Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada karantinga qarshi o‘tkazilgan namoyishlar chog‘ida 200dan ortiq kishi hibsga olindi
ABC telekanali xabariga ko‘ra, namoyishchilar politsiya xodimlariga shisha idishlar va toshlar uloqtirgan. Tartib posbonlari bunga javoban ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan.
Avstraliyaning Sidney va Melburn shahrida aholi karantin cheklovlariga qarshi namoyishlarga chiqdi, deb xabar berdi Vrisbane Times gazetasi.
Ma'lumot berilishicha, namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan.
ABC telekanali xabariga ko‘ra, namoyishchilar politsiya xodimlariga shisha idishlar va toshlar uloqtirgan. Tartib posbonlari bunga javoban ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan.
Melburn politsiya boshqarmasi komissari Mark Galliotning ma'lumot berishicha, 10 nafar ofitser yaralangan, olti nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Xabar qilinishicha, norozilik namoyishlari chog‘ida 260dan ortiq kishi qo‘lga olingan.
Avstraliyada koronavirusning delta shtammi tarqalishi avj olgani sababli iyun o‘rtalaridan buyon keskin karantin cheklovlari amal qilmoqda.
Mavzuga oid
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025