Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqich natijalari e'lon qilindi
21–22 avgust kunlari o‘tkazilgan prezident maktablarining 2-bosqich imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkiloti veb saytiga joylashtirildi.
Prezident ta'lim muassasalari agentligining bildirishicha, Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig‘i Gven Kodvell 2-bosqich imtihon natijalari chiqqanini rasman ma'lum qilgan.
Test natijalarini ushbu havola orqali ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 21–22 avgust kunlari respublika bo‘ylab 14 ta hududda prezident maktablarining 5–10-sinflariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazilgandi. 2-bosqichda nomzodlar ingliz tili va mantiqiy fikrlash fanlaridan imtihon topshirishgandi.
Mavzuga oid
17:32 / 08.08.2024
Davlat imtihonlarida qancha abituriyent 189 va undan yuqori ball olgani ma’lum qilindi
18:54 / 01.08.2024
“O‘lib-tirilib testlarga tayyorlangandik” – bir guruh abituriyentlar Bilimlarni baholash agentligini sudga bermoqchi
07:08 / 23.07.2024
Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi
08:00 / 14.07.2024