JARning eng yirik shahri meri yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi
JARning eng yirik shahri hisoblangan Yoxannesburgga yaqinda mer etib tayinlangan Jolidi Matongo yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi.
Matongo Yoxannesburg meri sifatida bor-yo‘g‘i bir oydan sal ko‘p vaqt ishlagan.
Avtohalokat 18 sentyabrda, Matongo Afrika milliy kongressi partiyasining Yoxannesburgga yondosh Soueto shahrida o‘tgan saylovoldi kampaniyasidagi ishtirokidan keyin yuz bergan. U tadbir doirasida JAR prezidenti Siril Ramafosaga hamrohlik qilgan.
YTHning qolgan tafsilotlari keltirilmagan.
“Bu kutilmagan yo‘qotish oqibatida davlatimiz iqtisodiy markazi ikki oy ichida ikkinchi merdan mahrum bo‘ldi”, deb aytgan Ramafosa.
Ma'muriy markazi Yoxannesburg bo‘lgan Gauteng provinsiyasi ma'muriyati Matongoning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirgan.
46 yoshli Matongo Yoxannesburgning avvalgi meri Jyeff Maxubo iyulda koronavirusdan vafot etgandan keyin 10 avgustda shahar meri etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
11:30 / 19.10.2024
JAR Isroilga qarshi genotsid bo‘yicha ishni oxirigacha yetkazishga qaror qildi
14:40 / 05.08.2024
JARda 90 nafar efiopiyalik migrant odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan ozod qilindi
11:48 / 15.06.2024
Siril Ramaposa JAR prezidenti etib qayta saylandi
21:03 / 01.06.2024