Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bokschi Menni Pakyao Filippin prezidenti saylovlarida ishtirok etadi
Filippinning hukmron partiyasi PDP-Laban (Filippin demokratik partiyasi- Xalq kuchi) boks bo‘yicha 8ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao nomzodini mamlakat prezidenti lavozimiga ilgari surdi. Saylovlar 2022 yil 9 mayga rejalashtirilgan.
“Men jangchiman va hamisha ringda hamda uning ortida jangchi bo‘lib qolaman. Men Filippin prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lish taklifini qabul qilaman”, deb aytgan Pakyao.
Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, amaldagi prezident, mamlakatga 2016 yildan beri rahbarlik qilib kelayotgan 76 yoshli Rodrigo Duterte prezident saylovlarida boshqa ishtirok eta olmaydi. Biroq u siyosat bilan “xayrlashish”ni istamayapti va avgustda o‘z nomzodini mamlakat vitse-prezidenti lavozimiga qo‘ymoqchiligini, prezident lavozimiga esa o‘z qizi, mamlakatning yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli shahri – Davao meri Sara Duterte-Karpioni ilgari surishini ma'lum qilgan.
Biroq Sara Duterte otasining rejalarini “chippakka chiqarib”, prezident saylovlarida ishtirok etmoqchi emasligini aytgan.
Avvalroq PDP-Laban Dutertening ko‘p yillik yordamchisi senator Kristofer Bong Goga prezident lavozimiga nomzodini qo‘yishni taklif qilgan, biroq senator bunga rad javobini bergan.
Menni Pakyao 2016 yildan beri senator lavozimini egallab keladi. U 8ta vazn toifasida jahon chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan birinchi va hozircha oxirgi bokschi hisoblanadi. 43 yoshli bokschi professional ringda 72ta jang o‘tkazib, ulardan 62tasida g‘alaba qozongan, 8tasida mag‘lubiyatga uchragan va 2ta durang naktija qayd qilgan.
Mavzuga oid
18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi
22:37 / 08.04.2025