Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobul aeroporti rasman o‘z faoliyatini tikladi
Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi xalqaro aeroport ichki va xalqaro reyslar uchun o‘z faoliyatini rasman tikladi.
Afg‘oniston milliy aviatsiya ma'muriyati aeroport soat 6dan 18gacha 12 soat ishlashini e'lon qilgan.
Ma'muriyat vakillarining ta'kidlashicha, aeroportdan birinchi xalqaro tijorat reysi 19 sentyabrda Pokiston poytaxti Islomobodga amalga oshirilgan. Shuningdek, aeroportni tungi parvozlar uchun tayyorlash uchun choralar ko‘rilmoqda.
Afg‘oniston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi O‘zbekiston, BAA, Tojikiston va boshqa davlatlardan Kobulga parvozlarni tiklashni iltimos qilgan.
26 avgustda Kobul aeroporti yaqinida uchta portlash sodir etilgan. Birinchi holatda terrorchi-xudkush aeroportga kirish joyida to‘planib turgan olomon ichida o‘zini portlatgan. Ikkinchi holatda Baron mehmonxonasi yaqinida minalashtirilgan mashina portlatilgan.
Hujum oqibatida kamida 12 amerikalik harbiy halok bo‘lgan, 15 nafari yaralangan. Shuningdek, Wall Street Journal nashri hujum vaqtida halok bo‘lganlar soni 60dan oshgani, 150 kishi jarohatlanganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025