Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 8 oyda Xitoy va Rossiyadan 6,4 mlrd dollarlik mahsulot sotib oldi
O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan 10ta davlat ma'lum qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy va Rossiya yetakchilik qilmoqda. Ushbu ikki davlatning har biridan 3,2 mlrd dollarlik mahsulotlar import qilingan.
Shuningdek, importda yuqori ulushga ega bo‘lgan qolgan davlatlar quyidagicha:
- Qozog‘iston – 1,7 mlrd;
- Koreya – 1,2 mlrd;
- Turkiya – 1,0 mlrd;
- Germaniya – 434,8 mln;
- Hindiston – 307,7 mln;
- Turkmaniston – 297,6 mln;
- Litva – 269,8 mln;
- Italiya – 267,3 mln AQSh dollari.
2021 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning jami import hajmi 15,7 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025