Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar IIBB «Surxon» klubi sobiq futbolchisining do‘pposlangani bo‘yicha tergov boshladi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxon» jamoasi futbolchilari va rahbariyati o‘rtasida maosh to‘lanmaganligi sababli janjal chiqqani to‘g‘risida video tarqalmoqda. Mazkur fakt bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz, deya yozadi Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi.
«17 sentyabr kuni «Surxon» futbol klubi binosida sobiq futbolchilar J.E. (Javohir Esonqulov, Tribuna.uz) va A.X. (Akrom Xodjayev) hamda jamoa sardori A.G‘. (Asror G‘ofurov) o‘rtasida futbolchilar bino devoriga rahbatiyat nomiga haqoratli yozuvlar qoldirganliklari tufayli kelishmovchilik yuzaga kelgan. Shu kunning o‘zida Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMBga sportchilardan badan shikastlari yetkazilgani to‘g‘risida ariza kelib tushdi.
Mazkur fakt bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy chora ko‘riladi», - deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 18 sentabr kuni internetda Termizning «Surxon» klubi futbolchisi Javohir Esonqulov 3 kishi tomonidan do‘pposlanganini aytib bergan video tarqalgan, unda futbolchi o‘zini klub direktorining o‘g‘li, jamoa futbolchisi Asror G‘ofurov va sport direktori Abdumajid Toirov do‘pposlaganini aytgandi. Bunga javoban klub Javohir Esonqulovning «Surxon» ofisiga kelib, shartnoma bekor qilingan bo‘lsa-da, yana qo‘shimcha pullar talab qila boshlagani, klub rahbari nomiga nisbatan qo‘pol so‘zlar bilan uning shaxsini kamsitgani haqida bayonot bergandi.
Ko‘p o‘tmay, futbolchining turmush o‘rtog‘i Rushana Mirsodiqova «Surxon» klubi Javohirning maoshini bermay cho‘zib kelayotgani haqida ma'lum qilgan bo‘lsa, so‘ng klub bayonot bilan chiqib, Esonqulovning oylik maoshi 5 million so‘m bo‘lgani va u pullarini ortig‘i bilan olganini bildirdi.
Ma'lumot uchun, 24 yoshli Javohir Esonqulov «Metallurg» klubi va O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovning kuyovi. U faoliyati davomida «Surxon»dan tashqari «Bunyodkor», «Metallurg», «Nasaf», «Qo‘qon-1912» jamoalarida to‘p surgan.
Mavzuga oid
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
09:52 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
15:23 / 29.03.2025
“Gold terapi” ishi: Xayrulla Qosimov va boshqalar ustidan tergov boshlandi
07:31 / 18.03.2025