Navoiy viloyatida 5 ta yangi MFY tashkil etilmoqda
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida «Navqiron», «Nurafshon», «Mustaqillik», «Iftixor», «Do‘stlik» nomli yangi MFYlar tashkil etilmoqda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga xalq deputatlari Qiziltepa tumani kengashining mazkur masalaga tegishli qarori loyihasi joylashtirildi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, yangi mahallalar tumandagi «G‘oyibon», «G‘amxo‘r», «Sheyxon», «Konsurun» va «Furqat» MFYlar hududida tuziladi. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi ekspert komissiyasining xulosasiga asosan yangi tuzilayotgan mahallalarga «Navqiron», «Nurafshon», «Mustaqillik», «Iftixor» hamda «Do‘stlik» nomi berilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, qaror bilan tumandagi tegishli mas'ullarga yangi tashkil qilingan mahallalar hududida yashovchi aholining fuqarolik pasportlariga o‘zgartirish kiritish, yangidan tuzilgan mahalla fuqarolar yig‘inlariga nomi yozilgan ko‘rsatgich va belgilar, peshlavhalarni zamonaviy dizayn asosida o‘rnatish, ularni ma'muriy bino va kerakli jihozlar bilan ta'minlash vazifasi topshirilgan. Qaror muhokamasi 2 oktabr kuni yakunlanadi.
Oldinroq viloyatning Uchquduq tumanida ham yangi mahalla tashkil etilgandi.
Mavzuga oid
14:37 / 18.10.2021
Mingtadan ortiq xonadondan iborat MFYlarda mahalla xodimlarining maoshi oshiriladi
14:06 / 30.07.2021
«Milisaxona» ham, MFY ham, poliklinika ham bitta binoda ishlashi mumkinmi? Angorda mumkin ekan
19:38 / 22.07.2020
Shahrixonda kam ta'minlangan oilalarga ajratilgan 82 mln so‘m mablag‘ talon-toroj bo‘ldi
07:26 / 13.05.2020