Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda 1-4 boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yiladi – Prezident
Buning uchun budjetdan yiliga 100 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Respublika aholisining 55 foizini yoshlar tashkil etadi. Ana shu farzandlarimizning ta'lim-tarbiyasi, ularni eng zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Bu orqali kelgusi besh yilda maktabgacha ta'lim bilan qamrov darajasi 71 foizdan 87 foizga yetkaziladi. Buning uchun yangi 40 ta davlat va xususiy, 525 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etiladi, 73 ta davlat bog‘chasi rekonstruksiya qilinadi va yana 40 ming nafar bolajonlarga bog‘chaga borish imkoniyati yaratiladi.
Qoraqalpog‘istonda kelgusi yildan boshlab, 1-4 boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun, bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun, budjetdan yiliga 100 milliard so‘m ajratiladi. Bu bolajonlar - mening bolalarim. Onalarida sog‘liklarida muammo bor, endi bolalarda bo‘lmasin. Albatta, niyatlarim bundan ham katta edi. Lekin pandemiyada katta zaxiralarimizni sarfladik. Lekin shunga qaramay, hech bir viloyatda hali qilinmagan bu ishni Qoraqalpog‘istonda yo‘lga qo‘ymoqchiman.
Shuningdek, kelgusi besh yilda Qoraqalpog‘istonda jami 90 mingdan ziyod yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratiladi. Jumladan, 55 ta yangi maktab, 187 ta maktab uchun qo‘shimcha o‘quv binolari quriladi, 135 ta maktablar kapital ta'mirlanadi va to‘liq jihozlanadi.
Buning hisobidan Nukus shahridagi maktablarning yuklamasi 30 foizga, To‘rtko‘lda esa 25 foizga kamayadi, Bo‘zatov, Qo‘ng‘irot, Ellikqal'a tumanlaridagi maktablar to‘liq ta'mirdan chiqariladi. Ushbu maqsadlarga budjetdan 1,6 trillion so‘m ajratiladi”, – dedi prezident respublika faollari oldida qilgan ma'ruzasida.
Mavzuga oid
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz
21:19 / 21.12.2024