O‘zbekiston | 15:55 / 22.09.2021
37504
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda yuz bergan YTH oqibatida 3 nafar talaba halok bo‘ldi

Andijonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch nafar fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 21 sentabr kuni Andijon shahri, Bog‘ishamol dahasida bo‘lgan ayanchli avariya oqibatida “Treker” ichida bo‘lgan 3 nafar talabalar halok bo‘lgani haqida videoxabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura ma'lumotiga ko‘ra, ushbu hodisa oqibatida 3 nafar shaxs vafot etgan va 1 nafar shaxs tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 22 sentabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Andijon tuman IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Mavzuga oid