Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya AQShga o‘z elchisini qaytarishga qaror qildi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron keyingi haftada mamlakatning AQShdagi elchisini Vashingtonga qaytarishga ko‘rsatma berdi. Elchi Avstraliya Fransiya bilan suvosti kemalari yetkazilishi bo‘yicha shartnomadan chiqanidan keyin ortga chaqirtirib olingandi. Parij ushbu shartnomaning yo‘qqa chiqishida AQShni ayblagan.
Makron AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon suhbatidan keyin elchini qaytarishga qaror qilgan.
Ikki yetakchi suhbat davomida ishonchni tiklash bo‘yicha maslahatlashuvlar jarayonini boshlashga va oktabr oxirida Yevropada uchrashishga kelishib olgan.
O‘tgan hafta AQSh, Avstraliya va Britaniya mudofaa sohasida yangi alyans AUKUS’ni tashkil etishini e'lon qilgan. Ushbu alyans doirasida Avstraliyani AQSh suvosti kemalari bilan ta'minlash ko‘zda tutilgan. Buning ortida Avstraliya Fransiya bilan suvosti kemalari yetkazish bo‘yicha 66 mlrd dollarlik shartnomadan voz kechgan. Parijda ittifoqdosh davlatlarning qarori “orqadan pichoq sanchish” deb baholangan va keyinroq Fransiyaning AQSh va Avstraliyadagi elchilari ortga chaqirtirib olingan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025