Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV: Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizga behayo harakatlar qilgan erkak qidirilmoqda
IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, joriy yil 18 sentabr kuni soat taxminan 17:00larda Toshkent metrosining «Olmazor» bekatida 2008 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan A.E.ga nisbatan noma'lum erkak kishi tomonidan behayo harakatlar qilingani holati bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, hozirda videokuzatuv moslamalari orqali noma'lum erkak kishining harakat yo‘nalishini o‘rganish va shaxsini aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu fotosuratdagi erkak kishi haqida ma'lumotga ega bo‘lsangiz darhol 102 raqamiga yoki yaqin bo‘lgan ichki ishlar organiga xabar berishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:17 / 07.05.2025
Toshkentda 61 yoshli o‘qituvchi o‘quvchiga shilqimlik qildi
12:23 / 13.03.2025
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi
16:08 / 04.03.2025
Toshkentda 9 yoshli qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi
14:54 / 07.02.2025