Jamiyat | 10:33 / 22.09.2021
31900
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Yana O‘zbekistonning barcha hududlarida yangi holatlar aniqlandi, o‘lim holatlari soni oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 522 kishida koronavirus, 103 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 8 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

Qoraqalpog‘istonda yana kasallanish holatlari qayd etila boshlandi, Toshkent shahrida kasallanish holatlari yuqoriligicha qolmoqda.

«2021 yil 21 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 169989 (+522) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining: 

  • 59 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 5 nafari Buxoro viloyatida,
  • 10 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 47 nafari Samarqand viloyatida,
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 11 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 22 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 8 nafari Xorazm viloyatida,
  • 112 nafari Toshkent viloyatida,
  • 212 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
  • 20 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida so‘nggi oylarda ilk marta birorta kasallanish holati qayd etilmagandi - bungacha 16 sentabr kuni 65ta, 17 sentabr kuni 33ta, 18 sentabr kuni 34ta, 19 sentabr kuni esa 16ta yangi holat qayd etilgan, 21 sentabr kuni esa kunlik ko‘rsatkich birdaniga 59taga yetdi.
  • Kecha kun davomida: 
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 57 nafar,
  • Andijon viloyatida 15 nafar,
  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Jizzax viloyatida 35 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
  • Navoiy viloyatida 4 nafar,
  • Namangan viloyatida 14 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 63 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 15 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 26 nafar,
  • Toshkent viloyatida 123 nafar,
  • Toshkent shahrida 325 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 163985 (+687) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 6 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1203 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonda so‘nggi marta 13 sentabr kuni kunlik o‘lim holatlari soni 5tadan ko‘p bo‘lgandi.

21 sentabr kuni 103 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 26459taga yetdi. Kecha ularning 415 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 23553 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 219 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda 1-21 sentabr kunlari koronavirusdan 115 nafar, pnevmoniyadan esa 45 nafar bemor vafot etdi.

Mavzuga oid