Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvada fuqarolar Xitoy smartfonlaridan foydalanmaslikka chaqirildi
Qayd etilishicha, ushbu qurilmalarda kontentni senzura qilish funksiyasi aniqlangan. Aniqlik kiritilishicha, Xiaomi smartfonlarida Tibet, Tayvan va demokratik harakatlarni qo‘llab-quvvatlovchi fikrlar senzura qilinadi.
Litva mudofaa vazirligi fuqarolarni Xitoy smartfonlarini sotib olmaslikka chaqirdi. CNN telekanalining xabar berishicha, aholiga ilgari sotib olingan Xitoy gadjetlarini tashlab yuborish tavsiya qilingan.
Qayd etilishicha, ushbu qurilmalarda kontentni senzura qilish funksiyasi aniqlangan. Aniqlik kiritilishicha, Xiaomi smartfonlarida Tibet, Tayvan va demokratik harakatlarni qo‘llab-quvvatlovchi fikrlar senzura qilinadi.
Litva mudofaa vazirligining bildirishicha, Mi 10T 5G smartfonlarida senzura funksiyasi o‘chirilgan. Ammo bu funksiya istalgan vaqtda masofadan turib faollashtirilishi mumkin.
So‘nggi vaqtda Litva va Xitoy o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar yomonlashdi. Bunga Litva hududida Tayvanning o‘z vakili paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi.
Bunga javoban Pekin Vilnyusdagi elchisini chaqirib oldi. Shuningdek, Xitoy Litvadan Tayvan vakolatxonasini yopishni talab qildi.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
11:42 / 07.05.2025