Maqsuda Vorisova saylovoldi tashviqotini Sirdaryodan boshladi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova saylovchilar bilan ilk uchrashuvini Sirdaryo viloyatidan boshladi.

2021 yil 22 sentyabr kuni viloyatdagi barcha tuman va shaharlar saylovchilari bilan videokonferensaloqa tarzida tashkil etilgan uchrashuvda talaba-yoshlar, jamoat tashkilotlari vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faollari, mahalliy Kengashlar deputatlari, partiyaning viloyat, tuman va shahar kengashlari a'zolari ishtirok etdi.
Muloqotda M.Vorisova saylovchilarni o‘z saylovoldi dasturining ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Xususan, mamlakatda ijtimoiy tengsizlikning barcha ko‘rinishlariga barham berish, pensiya hisoblash tartibini takomillashtirish, ayollarning bola parvarishidagi davrini ish stajiga qo‘shib hisoblash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa tayinlash, “Mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish zarurati asoslab berildi.
Shuningdek, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarni ijtimoiy turar joylar bilan ta'minlash, aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq tizimini joriy etish, asosiy oziq-ovqatlar narxlarini shakllantirish ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini qat'iy o‘rnatish, qishloq tumanlariga sanoatni olib kirish Saylovoldi dasturdagi asosiy yo‘nalishlardan ekanligi ta'kidlandi.
Uchrashuvda aholiga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni ta'minlash, shifokorlar va hamshiralarning ish haqini oshirish, dorixonalar va xususiy tibbiy muassasalarga alohida ijtimoiy tashkilot maqomini berish, tibbiyot xodimlarining sha'ni, qadr-qimmati va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha qonun qabul qilish masalalari ham hal etilishi bildirildi.
Nomzod oliy ta'lim uchun grantlar sonini oshirish, fuqarolarning sudlarda xalq maslahatchilari sifatida, shuningdek, qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashda jamoatchilikning keng ishtirokini ta'minlash borasidagi ustuvor yo‘nalishlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Maqsuda Vorisova Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboldagi imkoniyatlari haqida ham to‘xtaldi va viloyatda aholi bandligi, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ichimlik suvi va kommunal infratuzilma bilan bog‘liq muammolarga yechim topish zarurligini ta'kidladi.
Uchrashuvda ishtirokchilar prezidentlikka nomzodga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, hududlarni yanada rivojlantirishga doir fikr va takliflarini ham bildirdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan faollar Maqsuda Vorisovaning saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi hamda saylovchilarni unga ovoz berishga chaqirdi.
Mavzuga oid

17:59 / 18.04.2025
«Esingiz borida etagingizni yopib oling» - Turdimov xususiy korxonalar rahbarlarini soliqdan qochmaslikka chaqirdi

17:39 / 28.02.2025
Sirdaryo va Oqoltin tumanlariga yangi hokim tayinlandi

13:45 / 26.02.2025
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

11:26 / 04.02.2025