Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada “Boko haram” guruhining 8 ming nafar jangarisi hukumatga taslim bo‘ldi
Ta'kidlanishicha, jangarilarning ommaviy ravishda taslim bo‘lishiga hukumat qo‘shinlarining ularga zarba berishni kuchaytirgani sabab bo‘lgan.
Iyun oyidan buyon “Boko haram” terrorchi guruhining qariyb 8 ming nafar jangarisi va ularning oila a'zolari Nigeriya hukumatiga taslim bo‘ldi. Bu haqda milliy armiya komandiri Abdulvahob Eyitayoga asoslanib Vanguard gazetasi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jangarilarning ommaviy ravishda taslim bo‘lishiga hukumat qo‘shinlarining ularga zarba berishni kuchaytirgani sabab bo‘lgan.
Mahalliy Sahara Reporters nashrining yozishicha, jangarilarning taslim bo‘lishining yana bir sababi to‘rt oy avval “Boko haram” yetakchisi va asoschilaridan biri Abubakar Shekauning o‘limidir. U may oyida “G‘arbiy afrikadagi islom davlati” (ISWAP) terrorchi guruhi jangarilari bilan to‘qnashuvda halok bo‘lgandi.
“Boko haram” terrorchi guruhi 2002 yilda Nigeriyaning Borno shtatida paydo bo‘lgan. Uning a'zolari mamlakatda hokimiyatni egallashni maqsad qilgan. BMTning ma'lumot berishicha, oxirgi 10 yil davomida Nigeriyada 35 ming kishi “Boko haram” jangarilari qurboniga aylangan.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda
01:47 / 19.01.2025