Jahon | 19:27 / 23.09.2021
3817
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh ocharchilikka qarshi kurashishga 10 mlrd dollar ajratadi

Iyul oyida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish 2020 yilda dunyo bo‘yicha kamida 811 mln kishi ocharchilikka duch kelganini ma'lum qilgandi.

AQSh ocharchilikka qarshi kurashish va dunyodagi oziq-ovqat tizimlarini mustahkamlash ishlariga 10 mlrd dollar ajratadi. Bu haqda AQSh ma'muriyati vakili BMTning oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha sammitiga bag‘ishlangan brifingda ma'lum qildi.

“Prezident Jo Bayden AQSh ocharchilikka barham berish va oziq-ovqat tizimlarini mustahkamlash ishlari uchun 10 mlrd dollar yo‘naltirishga va'da berganini ko‘pchiligingiz eshitgansiz deb o‘ylayman. Ushbu mablag‘ning 5 mlrd dollari Qo‘shma Shtatlar uchun, yana 5 mlrd dollari boshqa mamlakatlar uchun ajratiladi”, – dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mablag‘ besh yil davomida ajratiladi.

Iyul oyida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish 2020 yilda dunyo bo‘yicha kamida 811 mln kishi ocharchilikka duch kelganini ma'lum qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu raqam 2019 yildagiga nisbatan oshgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid