Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi
“Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Xavfga asoslangan yondashuvni qo‘llash amaliyoti QQS to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga tatbiq etish bilan kengaytiriladi. Intizomli soliq to‘lovchilarga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan QQS summasini qaytarish tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Intizomli soliq to‘lovchilarning ro‘yxati Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tahlika-tahlil dasturi asosida shakllantiriladi hamda o‘z rasmiy veb-saytida e'lon qilib boriladi.
QQS to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda arizalar 7 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijalari shu muddatda taqdim etilmaganda, QQS to‘lovchiga maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma avtomatik ravishda beriladi.
2022 yil 1 yanvardan QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun quyidagilar majburiy hisoblanadi:
- asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan avtomat tizimida aks ettirish;
- xo‘jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yo‘q qilinganda va hisobdan chiqarilganda 3 ish kunidan kechiktirmasdan “E-aktiv” AATda aks ettirish.
2022 yil 1 yanvardan yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yiladi. Bunda hisobga qo‘yish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025