O‘zbekiston | 10:39 / 24.09.2021
3531
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda mast holda mashina boshqarib Lasetti bilan YPX xodimlarini sudrab ketgan haydovchiga chora ko‘rildi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida mast holda mashina boshqarib Lasetti bilan YPX xodimlarini sudrab ketgan haydovchiga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 19 sentabr kuni soat taxminan 21:25larda Qumqo‘rg‘on tumani Surxon sohili mahallasida tungi xizmatga jalb etilgan viloyat IIB YHXB YPXO 4-safarbar guruh inspektorlari aniq ma'lumotlarga tayanib mast holda boshqarib kelinayotgan «Lasetti» mashinasiga haydovchining holatini aniqlash uchun to‘xtash ishorasini berishgan.

Ammo haydovchi inspektorlarning qonuniy talabini bajarmay qochib ketishga uringan. Oldindan ko‘rilgan xavfsizlik choralari sababli Lasetti to‘xtatilgan. Qumqo‘rg‘on tumani Bobolochin mahallasida yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi T.Sh. mashinadan tushirilgan va holatini aniqlash maqsadida Qumqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

O‘tkazilgan tibbiy tekshiruv xulosasiga ko‘ra, haydovchi T.Sh. alkogol ta'sirida mast ekani tasdiqlangan.

Shundan so‘ng haydovchiga nisbatan MJtKning 131-moddasi bilan UZ-20 01-312907 raqamli bayonnoma rasmiylashtirilib, «Lasetti» vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan. Hozirda haydovchining sodir etgan huquqbuzarligiga oid materiallar jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudiga yuborilgan.

Mavzuga oid